O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

INTERAKTIV KONSULLIK
XIZMATLARI

XORIJDA YAShAYOTGAN O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI VA FUQAROLIGI BO`LMAGAN ShAXSLARNI DOIMIY KONSULLIK RO`YXATIGA INTERAKTIV KONSULLIK XIZMATLARI ELEKTRON TIZIMI ORQALI OLIShNING QADAMMA-QADAM TARTIBI

            O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonalarida doimiy konsullik ro`yxatiga - O`zbekiston Respublikasidan xorijga doimiy yashashga chiqish varaqasi bilan yoki chet elda doimiy yashashga ruxsat beruvchi stikerlari bilan o`rnatilgan tartibda chiqib ketgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar olinadi. Shu qatorda, xorijda turib O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali xorijda yashashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan fuqarolar xam doimiy ro`yxatga olinadi. Buning uchun:
        1. O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni doimiy konsullik ro`yxatiga olish uchun ro`yxatga olish kartasi to`ldiriladi (elektron anketa shaklida);
        2. Elektron anketaning har bir ustuni to`liq ma`lumotlar bilan to`ldirilgan holda haqiqiy deb hisoblanadi. Elektron anketaga quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalari ilova qilinadi, yuklangan larning har biri 100 kb dan oshmasligi kerak:
            - hujjat uchun foydalaniladigan fotosurat (3,5x4,5);
            - amaldagi pasport (nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish biometrik pasporti namunadagi);
            - 16 yoshga to`lmagan bolalarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasi, pasporti (biometrik yoki xorijga chiqish biometrik pasporti) bo`lmagan taqdirda;
            - chiqib ketish varaqasining yoki ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmalari tomonidan berilgan fuqaroning biometrik yoki nobiometrik pasportiga yopishtirilgan «Dоimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikerning nusxasi;
            - Arizachining xorijiy davlat qonunchiligi talablariga muvofiq bo`lib turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (viza, yashab turish hujjati, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, pasportdagi tegishli qaydlar, ma`lumotnomalar va b.);
        3. Elektron anketa to`ldirilib, kerakli hujjatlar biriktirilganidan so`ng, “yuborish” belgisini bosish va kompyuter ekranida PDF shaklida elektron anketa paydo bo`lishi bilan uni bosmalash kerak.
        4. Bosmalangan Anketa O’zbekistonning xorijdagi tegishli diplomatik yoki konsullik vakolatxonasiga kerakli xujjatlar to’plami bilan yuboriladi. Agar barchasi to’g’ri bo’lsa, 3 kun ichida ariza beruvchiga doimiy konsullik ro’yxatiga olinganlik togrisida xabarnoma yuboriladi. Agar taqdim etilgan hujjatlar o`rnatilgan talablarga javob bermasa, ariza beruvchiga 3 kun ichida yetishmayotgan hujjatlarni yuborish yoki boshqa tegishli ma`lumot to`g`risida xabar beriladi.
        5. Tasdiq xabari arizachiga yuborilgan taqdirda, xabarnomani bosmalab, pasportning ichida saqlash lozim. Unda quyidagi ma`lumotlar mavjud bo’ladi: shtrix-kod, ariza beruvchining to`liq ism-sharifi, konsullik ro`yxatining turi (doimiy), ro`yxatga olish raqami va sanasi, konsullik ro`yxatiga qabul qilgan xorijdagi muassasaning nomi.
        6. O`zbekiston Respublikasining “Konsullik ustavi”ga asosan, O`zbekistonning xorijdagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonalari tomonidan qo’shimcha talablar qo’yilishi mumkin.